» » O‘zbekiston rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibi belgilandi

O‘zbekiston rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, jamg‘arma O‘zbekiston rivojlanish dasturlariga kiritilgan, ular bo‘yicha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash bo‘yicha moliyaviy muassasa hisoblanadi.

Jamg‘armaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- markazlashtirilgan manbalari hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutuvchi loyihalarni ko‘rib chiqish hamda ularni davlat rivojlanish dasturlariga kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

- rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan Davlat byudjeti davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamgarmalari mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan Jamg‘arma mablag‘larini jamlash va taqsimlash;

- O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish;

- investitsiya loyihalarini tayyorlash va moliyalashtirishning barcha bosqichlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют