» » OAV: Samvel Babayan Latviyada o‘zbek futboli va o‘zbekistonlik murabbiylarning saviyasini ko‘rsatishga va’da berdi

OAV: Samvel Babayan Latviyada o‘zbek futboli va o‘zbekistonlik murabbiylarning saviyasini ko‘rsatishga va’da berdi


Biroz muddat avval O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Latviya chempioni — “Spartak” (Yurmala) klubi bosh murabbiyiga aylangani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘FF(o‘sha vaqtda O‘FF edi, hozir esa O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Ammo joriy yilning 27-mart sanasida Samvel Babayan Latviya chempioni “Spartak” Yurmala jamoasining bosh murabbiyiga aylangani haqida xabar berildi.

“Offside.uz”ning Twitter’ida ma’lum qilinishicha, Babayan bir necha kun oldin Latviya telekanali mehmoni bo‘lgan.

“O‘FA tomonidan futboldan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan bir necha kun avval Latviya telekanali mehmoni bo‘ldi. U o‘z nutqida “Spartak” (Yurmala) rahbariyatiga ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi hamda u yerda o‘zbek futboli va o‘zbekistonlik murabbiylarning saviyasini ko‘rsatishga harakat qilishini aytdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют