» » Qozog‘istonda uch oyda 2,8 mln dollarlik “chiroyli” avtoraqamlar sotildi

Qozog‘istonda uch oyda 2,8 mln dollarlik “chiroyli” avtoraqamlar sotildi


Qozog‘istonda “chiroyli” avtomobil raqamlari uchun talab o‘sib bormoqda, deb yozadi Tengrinews Qozog‘iston “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi matbuot kotibi Murat Jumanbayga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragi davomida “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasining ixtisoslashtirilgan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari orqali 913 million tenge (2,8 million dollar)lik 3385 ta o‘ta talabgir davlat avtomobil raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Taqqoslash uchun, butun o‘tgan yil davomida qozog‘istonlik avtomobil egalari 1,5 milliard tenge (4,6 million dollar)lik 4,5 mingta o‘ta talabgir davlat avtomobil raqamlarini sotib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют