» » O‘zbekistonda birinchi chorakda aholi soni 107 ming kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonda birinchi chorakda aholi soni 107 ming kishiga ko‘paydi


O‘zbekistonning doimiy aholisi 2018-yilning birinchi choragida 107 ming kishiga yoki 0,3 foizga ko‘payib, 1-aprel holatiga 32 million 763,7 ming kishiga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bundan shahar aholisi 16 million 583 ming (umumiy aholining 50,6 foizi), qishloq aholisi 16 million 180,7 ming kishini (49,4 foiz) tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p aholi soni Samarqand (3 million 733,7 ming kishi yoki respublika aholisining 11,4 foizi) va Farg‘ona viloyatlariga (3 million 631 ming kishi, 11,1 foiz), eng kam aholi soni esa Sirdaryo (818,4 ming kishi, 2,5 foiz) va Navoiy viloyatlariga (961,3 ming kishi, 2,9 foiz) to‘g‘ri keldi.

Aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017-yilning shu davriga nisbatan Surxondaryo (2,1 foiz), Qashqadaryo va Samarqand (1,9 foiz), Jizzax, Namangan viloyatlari va Toshkent shahriga (1,8 foiz), eng kam o‘sish esa Toshkent viloyati (1,1 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida (1,4 foiz) qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют