» » O‘zbekistondagi taniqli tadbirkorlar qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazmoqda

O‘zbekistondagi taniqli tadbirkorlar qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazmoqda


9-aprel kuni Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universitetining madaniyat saroyida O‘zbekistonning eng taniqli tadbirkorlari tomonidan yosh tadbirkorlar va yoshlar uchun “Global tadbirkorlik tarmog‘i” haftaligi doirasida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mahorat darslari tashkil qilindi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Mahorat darslarini  Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Abat Daniyarov ochib berdi.

Tadbir avvalida mehmonlar Qoraqalpog‘iston haqida o‘zlarining iliq fikrlarini aytib o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonga birinchi marta kelishim. Tashrifimiz shunday ulug‘ bayramga to‘g‘ri kelganligidan baxtiyormiz. Barcha Qoraqalpoq ahlini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yillik shodiyonalari bilan chin dildan tabriklaymiz!

Hikmat Abdurahmonov, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi raisi 

Qoraqalpog‘iston haqida fikrlarim juda ijobiy. Oldin ham bu yurtga kelish baxtiga musharraf bo‘lganman va har gal kelganimda bu xalqning mehmondo‘stligidan hayratda qolaman. Ochig‘ini aytaman, bu gal ham shunday bo‘ldi. Hatto Toshkentda ham bunday ochiq yuz, mehmondo‘stlikni uchratmaysiz!

Murod Nazarov,“Murad Buildings” asoschisi 

Qoraqalpog‘istonga ilk marotaba kelishim. Non-tuz hurmatini shu yerdan sezdik. Ayniqsa, jajji qizaloqlarning kulgusi, o‘zlariga yarashib turgan milliy kiyimlari, yonib turgan ko‘zlari bizni hayratga soldi.

Hasan Mamasaidov, Dekos va Office market asoschisi 

Nukusga uchinchi martta kelishim. Har gal Qoraqalpog‘istonga kelganimda meni hayratga soladigan narsa bu - shahardagi o‘zgarishlar, qurilishlar, yangi binolarning qad ko‘tarishidir. Mana bugun yana bir katta savdo kompleksi bo‘lgan “Korzinka”ning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdik.

Qoraqalpog‘istonning turizm bo‘yicha imkoniyatlari juda katta. O‘tgan yili Orolga borgandik. U yerdagi Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar bilan gaplashganimizda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ular sayyohlik marshrutlarini to‘ppa-to‘g‘ri Orolga mo‘ljal qilishib, Toshkentda to‘xtamasdan Mo‘ynoqning o‘ziga kelgan ekanlar. Bilasizmi, bu katta narsa! Bundan unumli foydalanish kerak, xolos.

Akmal Payziyev, My Taxi asoschisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют