» » Hyundai Qo‘qonda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish uchun 130 mln dollar investitsiya kiritadi

Hyundai Qo‘qonda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish uchun 130 mln dollar investitsiya kiritadi


Farg‘ona viloyatida joriy yilda 211 million dollardan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilingan holda, 18 yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu 3 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish imkonini beradi, deb xabar beradi O‘zA.

Viloyatda bugungi kunda 200 dan ziyod qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda xorijlik investorlarni yanada keng jalb etish maqsadida biznes forumlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

5—6-mart kunlari Koreya Respublikasi va viloyat tadbirkorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda bir qator kelishuvlarga erishildi. Evergreen motors va Porso Daewoo kompaniyalari tashabbusi bilan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida Hyundai kompaniyasi yuk avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun 130 million dollar miqdorida investitsiya jalb etiladi.

Honam vocational college kompaniyasi va viloyat hokimligi o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan, Farg‘ona shahrida mahalliy va xorijiy sanoat korxonalari talabiga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv markazi tashkil etish belgilandi. Somang Global kompaniyasi esa, “Ferghana city” istiqbolli loyihasi doirasida 200 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy mehmonxona qurish orqali 2 million dollar miqdorida investitsiya jalb qilishni rejalashtirgan.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida gaz taqsimlash uskunalari ishlab chiqarish yo‘nalishida DOOJIN, sifatli va zamonaviy moylar ishlab chiqarish bo‘yicha HYOSUNG INNOTECH, Farg‘ona shahrida rentgent apparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Listem Fergana” qo‘shma korxonalari ro‘yxatdan o‘tib, qurilish ishlarini boshlab yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют