» » Entoni Joshua: Povetkin meni qiziqtirmaydi, Uaylder bilan jang qilishni xohlayman

Entoni Joshua: Povetkin meni qiziqtirmaydi, Uaylder bilan jang qilishni xohlayman


Super og‘ir vazn toifasining WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua kelajakdagi rejalari haqida to‘xtaldi. Joshua yaqin orada Aleksandr Povetkin bilan jang qilishni xohlamasligini aytdi, deb yozadi “Sports.ru”

Hozir meni Povetkin qiziqtirmaydi, Uaylder bilan jang qilishni xohlayman. Boshqa tarafdan esa kamarimni olib qo‘yishlarini xohlamayman. Povetkin bilan kamar himoyasi uchun jang 2018-yilning ikkinchi yarmiga ko‘chiriladi, deb umid qilaman. Hech qanday shubhaga o‘rin yo‘q. Uaylder bilan jang qilishni istayman. Deontey meni undan qochayapti, deb nolidi. Ammo men doimo eng yaqin jangdagi raqibimga e’tiborimni jalb qilaman. Endi kaminaning butun diqqat-e’tibori Uaylderga qaratilgan. Uning jamoasiga eng yaxshi jang shartlarini taklif qilamiz. Shaksiz, ular buni qabul qiladi.

Entoni Joshua, bokschi

O‘tgan haftada WBA Entoni Joshuaning Aleksandr Povetkinga qarshi kamar himoyasi uchun jang qilishga majbur ekanligi haqida ma’lum qildi. Va tomonlarga jang muzokarasi uchun 30 kun muddat berdi.

Joshuaning Povetkinga qarshi o‘tkazishi kerak bo‘lgan jangi WBA Super, IBO (Joshuaning 3-himoya jangi), IBF (Joshuaning 6-himoya jangi), WBO (Joshuaning 1-himoya jangi) kamarlarining himoyasi uchun bo‘lib o‘tishi lozim. Ayni vaqtda Aleksandr Povetkin WBA Super kamari uchun Entoni Joshuaga majburiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun 1-aprelga o‘tar kechasi Uels markazi Kardiff shahridagi Principality Stadium arenasida WBA Super, IBO va IBF kamarlarini birlashtiruvchi jang o‘tkazilgandi. Unda mazkur kamarlar sohibi Entoni Joshua WBO kamari egasi, yangi zelandiyalik Jozef Parkerni (24 ta g‘alaba, 18 ta nokaut) mag‘lub etgandi. Endilikda 21 jangda 21 g‘alaba qayd etgan (20 tasi nokaut bilan) Joshua olmagan bir kamar — WBC (Butunjahon boks kengashi) kamari qoldi. Hozirda mazkur kamar amerikalik Deontey Uaylderga tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют