» » Toshkentda “Butunjahon salomatlik kuni”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Toshkentda “Butunjahon salomatlik kuni”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi


Toshkentda “Butunjahon salomatlik kuni”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Bu yilgi salomatlik kuni “Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrov: hamma uchun va har yerda” mavzusiga bag‘ishlandi.

Anjumanda sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrov (SSXOQ) konsepsiyasi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili, doktor Lian Kuppens ishtirok etdi. Unda “Barchaga salomatlik” tamoyili muhokama qilindi. Unga asosan, har bir fuqaro sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan doimiy ta’minlanishi shart. Ushbu tamoyillar O‘zbekiston tomonidan 2015-yili Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM) doirasidagi kelishuvda belgilangan.

Ma’lumot uchun, sog‘liqni saqlash xizmatlari uchun to‘lash majburiyati tufayli dunyoda 100 million kishi qashshoqlik darajasida yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют