» » Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston TIV xodimlarining siyosiy maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi

Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston TIV xodimlarining siyosiy maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi


9—10-aprel kunlari Ashxobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Turkmaniston tashqi siyosat idorasi rahbari o‘rinbosari Vepa Xajiyev tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilindi.

Suhbatda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi dasturi va kun tartibi loyihalari muhokamasiga asosiy e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda oliy darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston—Turkmaniston uchrashuviga har ikki mamlakatda ham puxta tayyorgarlik ko‘rilayotganligi va ushbu uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarda muhim voqealik bo‘lishi, ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют