» » TIVda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha katta muzokarachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha katta muzokarachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


10-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta muzokarachisi Sara Kroft boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston – Britaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga qaratildi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi Bitim qoidalarini Brexit jarayonidan so‘ng kuchga kirishi kutilayotgan ikki tomonlama O‘zbekiston – Britaniya shartnomasi loyihasiga kiritish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Muzokaralarda Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют