» » O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi davom etadi: Endi ikki davlat Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi davom etadi: Endi ikki davlat Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘zaro hamkorlik qiladi


Dushanbe shahrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikiston sport vaziri va shu vaqtning o‘zida MOQ birinchi vitse-prezidenti hisoblangan Abdullozoda Ahtam Rustam uchrashdi, deb xabar beradi MOQ.

Olimpiada va Osiyo O‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston, qo‘shni Tojikiston mamlakatiga sportchlarining yirik turnirlarga tayyorgarligi, mahoratli sportchilarni yetkazib berish kabi masalalarda hamkorlik qiladigan bo‘ldi, deyiladi xabarda.

“Tojikiston sportchilari bilan hamkorlik nafaqat ular uchun, balki biz uchun ham juda foydalidir. Umid qilamanki, bo‘lajak yirik turnirlarda qo‘shnilarimiz ham munosib ishtirok etishadi. Ana shunda bu muvaffaqiyatlarning bir qismida bizning ham hissamiz bor ekanidan faxrlanishimiz mumkin bo‘ladi. Qolaversa, qo‘shnilarimiz bilan iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning o‘zi chiroyli ish. Har qanday musobaqa davomida biz ularga, ular bizga muxlislik qilib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, bir-birimizga suyanib turishimiz o‘zaro hamkorligimiz qadrini yana bir karra oshirib beradi”, — dedi MOQ rahbari Umid Ahmadjonov.

Bir vaqtning o‘zida O‘FA birinchi vitse-prezidenti bo‘lgan Umid Ahmadjonov ertaga — 11-aprel kuni Dushanbe shahrida Tojikiston futbol federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют