» » Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib turibdi

Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib turibdi


Samarqand viloyati hokimi T. Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Xitoyning Shensi provinsiyasida bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashrif doirasida Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi tadbirkorlarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida Sian shahridagi xalqaro logistika markazida Samarqandning investitsion imkoniyatlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berish maqsadida biznes-forum o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimi T. Jo‘rayev, Sian shahri vitse-meri Gao Gao, Shensi provinsiyasi tashqi ishlar departamenti mas’ul xodimlari hamda yirik ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Sianlik ishbilarmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingan biznes-forum savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Taqdimot yakunida Samarqanddan borgan 26 nafar tadbirkor va yirik korxonalar rahbarlari Shensi provinsiyasidagi kompaniyalar bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tashrifning birinchi kunida qiymati 23,6 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilish bo‘yicha 3 loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют