» » Germaniyalik mutaxassislar Farg‘onada 100 ga yaqin bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Germaniyalik mutaxassislar Farg‘onada 100 ga yaqin bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi


Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti tibbiyot mutaxassislari viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 93 nafar bemor bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Aziz Ermatov xabar berdi.

“Tashkilotimiz har yili O‘zbekistondan 35–40 nafar bolaga Germaniyada davolanish imkoniyatini beradi. Bugungi tibbiy ko‘rikdan so‘ng O‘zbekistonda davolashning imkoni bo‘lmagan tug‘ma nuqsonli va kuyish asorati bor 4 nafar bola Germaniya klinikalariga jo‘natiladi”, — deydi xalqaro tashkilot vakili Natali Vitte.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘rik davomida terida kuyishdan qolgan asoratlari bo‘lgan, tayanch harakat tizimida muammolari bor, urologik xastaliklar bilan og‘rigan bolalar mutaxassislar qabulida bo‘ldi. Ular germaniyalik shifokorlardan zarur tavsiya va maslahatlar oldi. Bir guruh bemor bolalarga O‘zbekistondagi ixtisoslashgan tibbiy muassasalarda davolanish uchun yo‘llanma va bepul dori-darmonlar berildi.

— Friedensdorf International xalqaro tashkiloti bilan 16 yildan buyon hamkorlik qilamiz. Ular lab, tanglay va harakat-tayanch a’zolarida nuqsoni bor bolalarning davolanishiga ham homiylik qiladi. Bu tashkilot yordami bilan yuragida nuqsoni bor uch bola Hindistonda operatsiya qilindi,” — deydi “Sog‘lom avlod uchun” fondi Farg‘ona viloyat filiali rahbari Nurullo Xudoyberganov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют