» » YeChL. Muhammad Saloh va “Liverpul” Xosep Gvardiolaning “Siti”sini o‘z uyida ham mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi (video)

YeChL. Muhammad Saloh va “Liverpul” Xosep Gvardiolaning “Siti”sini o‘z uyida ham mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi (video)


10-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki yarim finalchilaridan biri ma’lum bo‘ldi.

Birinchi uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan Xosep Gvardiola shogirdlari javob o‘yinida ham  Yurgen Klopp shogirdlariga imkoniyatni boy berdi. “Siti” 2-daqiqadayoq hisobni ochishga erishdi. Gol muallifi Gabriel Jezus. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida katta sahnaga “Liverpul”ning yetakchisi Muhammad Saloh chiqdi. U o‘zi boshlagan hujumchi muvaffaqiyatli yakunlab, gol urishga erishdi. O‘yinning 77-daqiqasida Roberto Firmino “Liverpul”ning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari uyda va safarda ham “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, umumiy hisobda 5:1 hisobida g‘alaba qozongan holda Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.

Yevropa Chemionlar Ligasi

Chorak final javob uchrashuvlari

10-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 – 2 Gabriel Jezus, 1:1 – 56 Saloh, 1:2 – 77 Firmino.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jezus.

“Liverpul”: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-Chemberlen, Saloh (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.

Ogonlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).

Dastlabki uchrashuv — 0:3



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют