» » AQSh hukumati SpaceX tomonidan fazoga uchirilgan raketalar parvozining namoyishi noqonuniy ekanligini tushundi

AQSh hukumati SpaceX tomonidan fazoga uchirilgan raketalar parvozining namoyishi noqonuniy ekanligini tushundi


2018-yilning 9-fevralida Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi dunyodagi eng og‘ir Falcon Heavy eltuvchi raketasini Tesla elektrokari bilan birga uchirdi. Parvoz translyatsiyasi 2,3 million marta tomosha qilindi va YouTube tarixidagi eng ommabop namoyishlardan biri bo‘ldi.

Biroq aprel oyining boshida AQShning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi SpaceX’ning orbitadan uzatilgan suratlari va videosining litsenziyaga ega bo‘lmaganini ma’lum qildi, deb yozmoqda TJournal.

30-mart kuni Maskning kompaniyasi Falcon 9 raketasini o‘nlab telekommunikatsion yo‘ldoshlar bilan birga muvaffaqiyatli uchirdi. Parvozning translyatsiyasi SpaceX’ning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida amalga oshirildi, biroq namoyish oxiriga kelib, video tushunarsiz sabablar tufayli uzilib qoldi. Bir necha daqiqadan so‘ng muhandis Maykl Xammersli muammo Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasining cheklovlari sababli yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqarma raketaning ikkinchi ustunidagi kameralarni foydalanilishi uchun davlat litsenziyasi zarur bo‘lgan masofaviy zondlar tizimi sifatida qabul qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют