» » Rossiyaga noqonuniy ravishda kirib yashayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik qiz qo‘lga olindi

Rossiyaga noqonuniy ravishda kirib yashayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik qiz qo‘lga olindi


Rossiyaning Ryazan shahrining Jeleznodorojniy tumanida ichki ishlar vazirligi bo‘limi xodimi migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy bayonnomalar tuzilmasligi uchun pora berishga urinishda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi, deb yozadi “Mangazeya” axborot agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha, avvalroq politsiya uchastkasi noziri tumanni ko‘zdan kechirish chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari — ikki nafar 28 yoshli qiz Rossiya hududida migratsiya qonunchiligini buzgan holda yashayotganini aniqlagan. Ularni ma’muriy bayonnomalar tuzib, javobgarlikka tortish uchun politsiya bo‘limiga yuborishgan.

Ammo 60 yoshli ryazanlik o‘z tanishlari tomonidan amalga oshirilgan qonunbuzarlikni rasmiylashtirmaslik uchun politsiya xodimiga 12 ming rubl berishga uringan. U qo‘lga olindi. Erkakka nisbatan poraxo‘rlik yo‘nalishidagi jinoiy ish ochish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari esa chet el fuqarosining Rossiya hududiga kirish va u yerda yashash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют