» » Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston kompaniyasi uning mahsuloti nomi va yorlig‘ini ko‘chirib olganligini isbotlab berdi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston kompaniyasi uning mahsuloti nomi va yorlig‘ini ko‘chirib olganligini isbotlab berdi


O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “TD GraSS” MChJ (Voljskiy, Rossiya)ning Hamkor Nur Biznes MChJ (O‘zbekiston) tomonidan uning intellektual mulk huquqi buzilishi masalasi bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqdi, deb yozadi Spot.

O‘zbekistondagi korxona avtomobillarni tozalash vositalarini ishlab chiqarishda “TD GraSS” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning yorliqlari va belgilariga o‘xshash yorliqlar va nomlardan foydalanilayotganligi aniqlandi.

Rossiya kompaniyasi avtomobillar uchun tozalash vositalarini Rossiya hududida ishlab chiqarishi va 2015-yildan buyon o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi.

Hamkor Nur Biznes MChJ esa shunga o‘xshash mahsulotni ishlab chiqarishni 2017-yilda o‘zlashtirgan.

O‘zbekiston kompaniyasi bir qator mahsulotlarining nomlari va yorliqlari Rossiya kompaniyasi mahsulotlari (Universal Cleaner, Floor Wash, Clean Glasstorus)dan to‘liq ko‘chirib olingan, deb topildi.

O‘zbekiston kompaniyasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi (Insofsiz raqobatni taqiqlash) to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisini buzganlikda aybdor deb topildi va tegishli choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют