» » Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi


“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (VMQ–273, 06.04.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

O‘zgartirishlarga asosan, endilikda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida kompensatsiya beriladi.

Bundan tashqari, kafillik berish bo‘yicha Jamg‘arma xizmatlari pulli hisoblanishi, Jamg‘armaning kafilligi berilganligi uchun kichik tadbirkorlik subyektlaridan milliy valyutada kafolat summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqi undirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют