» » O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida haydovchilik guvohnomalarini berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida haydovchilik guvohnomalarini berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda


O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida haydovchilik guvohnomalarini berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”. Bu Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2018—2022-yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasida ko‘zda tutilgan.

Unga muvofiq, kelasi yilning birinchi choragida barcha umumta’lim maktablarida “Yo‘l harakati xavfsizligi” majburiy fani kiritiladi.

Shuningdek, yil davomida ta’lim muassasalarida 18 yoshga to‘lgan va o‘qib, imtihon topshirgan shaxslarga “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Buning uchun har bitta tumanda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy tarzda o‘rgatish uchun maxsus jihozlangan avtoshaharchalarni tashkil qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bolalarga velosiped haydash malakalari va yo‘lni kesib o‘tish qoidalari o‘rgatiladi.

Yil davomida mamlakatdagi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Yo‘l harakati xavfsizligi” fani o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha fakultet va kafedralarni tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют