» » Superliga. Bugun Qarshida “Nasaf” “Lokomotiv”ni qabul qiladi, “Bunyodkor” “Metallurg”ga qarshi, “So‘g‘diyona” esa “Navbahor”ga qarshi maydonda saf tortadi

Superliga. Bugun Qarshida “Nasaf” “Lokomotiv”ni qabul qiladi, “Bunyodkor” “Metallurg”ga qarshi, “So‘g‘diyona” esa “Navbahor”ga qarshi maydonda saf tortadi


Bugun, 11-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 6-turiga start beriladi.

Kun taqvimidan uchta uchrashuv o‘rin olgan.

Ulardan biri Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. Sport-TV o‘yinni yozib olgan holda namoyish etadi.

Ikkinchi o‘yin Toshkentda “Bunyodkor” va Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv 18:00 da boshlanadi va Sport-TV uni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda translyatsiya qiladi.

Turning markaziy bellashuvi Qarshida “Nasaf” hamda Toshkentning “Lokomotiv”i o‘rtasida kechadi. Amaldagi chempionlarning ahvoli hozir u darajada yaxshi emas. “Nasaf” esa bundan foydalanishga urinib ko‘radi. O‘yin 20:00 da boshlanadi. Uchrashuv Sport-TV telekanali tomonidan jonli translyatsiya qilinadi.

Superliga

6-tur bellashuvlari

11-aprel, chorshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют