» » Indoneziyada kontrafakt alkogoldan zaharlanish oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada kontrafakt alkogoldan zaharlanish oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyada oxirgi oy davomida kontrafakt alkogoldan zaharlanish oqibatida 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Faqat oxirgi sutka ichida halok bo‘lganlar soni 20 dan ortiq kishini tashkil etdi. Bu haqda 10-aprel kuni Indoneziya politsiyasining rasmiy vakili Setio Vasisto ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, qalbaki spirtdan zaharlanishdan eng ko‘p G‘arbiy Yava provinsiyasi jabrlangan. U yerda 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Mamlakat poytaxti Jakartada 31 kishi qurbon bo‘lgan.

Politsiya aholini ommaviy zaharlash ortida bitta yashirin ishlab chiqaruvchi turganligi dalilini topmadi. G‘arbiy Yava politsiyasi kontrafakt spirtni ishlab chiqarish va sotishda gumon qilinayotgan yetti kishini hibsga olganligi, biroq ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmaganligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют