» » Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi


11-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonning O‘zbekistonga tashrifi va AQSh nufuzli delegatsiyasining 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtiroki natijalari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda Toshkent forumi yuqori baholandi va konsensus asosida qabul qilingan konferensiya deklaratsiyasining konstruktiv xarakteri qayd etildi.

Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston—AQSh aloqalari jadvali va kun tartibi ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют