» » “Toshkent” avtovokzalidan “Toshkent – Olmaota – Toshkent” yo‘nalishida ilk avtobus yo‘lga chiqdi (foto)

“Toshkent” avtovokzalidan “Toshkent – Olmaota – Toshkent” yo‘nalishida ilk avtobus yo‘lga chiqdi (foto)


11-aprel kuni “Toshkent – Olmaota – Toshkent” yo‘nalishida ilk yo‘lovchi tashuvchi avtobus qatnovi amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yo‘nalish masofasi 818 kilometrni, yo‘ldagi vaqt esa 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Jadvallarda “G‘ishtko‘prik” (O‘zbekiston) va “Ipak yo‘li” (Qozog‘iston) chegara va bojxona nazorat punkti tekshiruvidan o‘tish uchun 30 daqiqadan vaqt ajratilgan.

Tashuvchilar tomonidan yo‘nalish bo‘yicha yo‘l haqi 100 ming so‘m yoki 4000 tenge narxda. Oldin xabar qilinganidek, muntazam qatnovlar 12-apreldan boshlanadi. Kuniga “Toshkent” avtovokzalidan uch marta (soat 16:00; 17:00 va 18:00) qatnov amalga oshiriladi. Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston tomonidan tashuvchi Erkin Emina Ekspress Tour MChJ Yutong rusumli avtobuslardan (Xitoy), Qozog‘iston tomonidan tashuvchi YUG Trans Line MChJ esa Van Hool avtobuslaridan foydalanadi (Belgiya).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют