» » Ozbekistonda jismoniy shaxslarga ham taksi xizmatlari korsatish huquqi beriladi

Ozbekistonda jismoniy shaxslarga ham taksi xizmatlari korsatish huquqi beriladi


Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali orqali malum qilindi.

Farmon litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ulardan otishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilashga qaratilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini rasmiylashtirish yondashuvlari va tamoyillari tubdan qayta korib chiqilgan.

Farmonda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi. Takidlash joiz, mazkur asosiy vazifalar orasida jamoatchilik nazorati, ozini-ozi boshqarish, fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sugurtalash va boshqalar kabi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil uslublaridan keng foydalanish korsatilgan.

Davlat siyosatining belgilanayotgan muhim ustuvorliklari va asosiy vazifalaridan kelib chiqib, huquqni qollash amaliyotini, milliy qonunchilik

va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini tahlil qilish asosida, mazkur hujjat bilan42 turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.Ularning orasida neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishni litsenziyalash, bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish, tashqi reklamani joylashtirishga ruxsatnoma va boshqalarni sanab otish mumkin.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalarida bir nech turdagi litsenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish talab etiladiki, bu tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha sarsongarchilik va moliyaviy xarajatlarni orttiradi. Litsenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish mexanizmini soddalashtirish maqsadida shuningdek38 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini 17 turga birlashtirish nazarda tutilmoqda.

Byurokratik govlarni olib tashlash, tadbikorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor korib chiqilishini taminlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati sohasidagi25 turdagi litsenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlariichki rasmiylashtirish tartib-taomillarini maqbullashtirish evazigaqisqartirilmoqda,shuningdek9 ta turdagi faoliyatni litsenziyalash tartibilitsenziyalash boyicha funksiyalarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga topshirish yoli bilansoddalashtirilmoqda.Shu bilan birga, 5 turdagi litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyalar respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga otkazilmoqda.

Bundan tashqari, Farmonda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi19 turdagi litsenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishgaqaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan 2018 yil 1 iyundan:

- telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmat korsatish, qimmatli qogozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish, baholash, veterinariya va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda;

- rieltorlik tashkilotlari uchun ustav kapitalining majburiy miqdoriga nisbatan qoyiladigan litsenzion talablar bekor qilinmoqda, olindan tolov olmagan holda rieltorlik xizmatlarini korsatish imkoniyati berilmoqda;

- yengil avtomobilga ega bolgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor shaklida yonalishli taksi sifatida yolovchilarni tijorat asosida tashish huquqi berilmoqda;

- kochma savdoni amalga oshirishga ruxsatnoma yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham, ruxsatnoma amal qilish muddatini on ikki oydan ortiq bolmagan muddatga berish huquqi berilmoqda, bitta ruxsatnoma bilan bir nechta joyda kochma savdoni amalga oshirishga ruxsat berilmoqda.

Muhim yangiliklardan biri bu tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bolishi bilan bogliq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, kochma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat korsatish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shugullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishidir.

Shu bilan birga Farmonda litsenziyalovchi organ litsenziya berish togrisidagi arizani korib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish togrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya davogariga korsatilgan muddat otganidan song arizada korsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi berilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-04-2018, 22:03)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -