» » “Qiyomat kuni” samolyoti AQSh osmoniga ko‘tarildi

“Qiyomat kuni” samolyoti AQSh osmoniga ko‘tarildi


AQShda “Qiyomat kuni” samolyoti sifatida ma’lum bo‘lgan E-4B Nightwatch samolyoti havoga ko‘tarildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. E-4B yadro nizolari sharoitida quruqlikdagi tuzilmalar vayron bo‘lgan vaqtda havoda qo‘mondonlik punkti sifatida foydalanish imkoniyati bo‘lgani sababli “Qiyomat kuni” samolyoti deb nomlangan.

Bort havoda yoqilg‘i to‘ldirish orqali bir hafta tinimsiz parvoz qilishi mumkin. Samolyotga o‘rnatilgan qurilma yadro portlashining zarar yetkazuvchi omillaridan himoyalangan.

Samolyotning nima uchun havoga ko‘tarilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Avvalroq E-4B prezidentning ba’zi xorijiy safarlarida hamrohlik qilishi haqida xabarlar tarqalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют