» » 1-iyundan davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70—100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

1-iyundan davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70—100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Qarorga muvofiq, kelgusida davlat xizmatlarini joriy etishni yanada jadallashtirishni ta’minlash va ularni ko‘rsatishdagi zaif tomonlarni aniqlash uchun 2018-yilning 1-iyunidan davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70—100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati rahbari tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik ma’muriy reglamentlar qabul qilinadi.

Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida ko‘rsatish natijalariga ko‘ra, mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay bo‘lgan markaziy qismida joylashgan binolarga, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar binolarini operativ boshqaruv huquqi asosida berish orqali, ko‘chirib o‘tkazishni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют