» » O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish taklif etilmoqda


O‘zbekiston Adliya vazirligi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga havola qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda ta’kidlanishicha, qonunchilikda fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida egalik qiluvchi yer uchastkalarida shaxsiy turar-joy qurish huquqi kafolatlangan.

Shu bilan birga, yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi shaxsiy turar-joy qurish sohasida asosan qishloq joylarida qonuniylikni ta’minlash borasida tizimli kamchiliklar va jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi.

“Uy-joyni sotib olish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramay minglab fuqarolar ko‘p yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida noqonuniy shaxsiy turar-joylarni barpo etgan”, — deyiladi qaror loyihasida.

Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlar birinchi navbatda joylardagi mahalliy ijro, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning yo‘l qo‘yganliklari sabab bo‘ldi, deyiladi hujjatda.

Fuqarolarga shaxsiy turar-joy qurish uchun noqonuniy ravishda yer uchastkalarini muayyan to‘lov evaziga berish bo‘yicha fermer va dehqon ho‘jaliklarining til biriktirish faktlari mavjudligi qayd etiladi.

Natijada ushbu muammo butun respublika bo‘yicha ommaviy tus oldi va uy-joyga zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega bo‘lishi va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga fuqarolarning turar joyiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab 5 mingdan ziyod, deputatlar, senatorlar, mahalliy ijro hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda – 3 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

Loyihaga muvofiq, fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarda qurilgan yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyani o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqini ushbu ob’ektga o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs quyidagi shartlar asosida oladi:

ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa;

o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmasa, shuningdek uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa.

Qayd etilishicha, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorda bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ortiqcha qismi zaxira yerlariga olib qo‘yilgan holda beriladi.

Sudlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo‘yicha da’vo kiritish to‘xtatib turiladi, sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi bajarilmagan qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuziladi.

Bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari keyinchalik o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga yo‘l qo‘yganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют