» » Toshkentdagi “Malika” savdo markazining yopilishi sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi “Malika” savdo markazining yopilishi sababi ma’lum bo‘ldi


Avval xabar berilganidek, Toshkentning “Malika” savdo markazidagi do‘konlarning ko‘pchiligi bir necha kundan buyon ishlamayapti. Repost o‘z manbalariga tayanib, do‘konlarning yopilishi sababini tushuntirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq “Malika” savdo markazi Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilgan, shundan keyin hokimlik ijaradan foydalanish huquqini begona kompaniyaga bergan. Ushbu kompaniyaning asosiy talablaridan biri sifatida binolarni ijaraga berish haqidagi shartnomalar faqat yuridik shaxslar bilan tuzilishi ko‘rsatilmoqda.

Shu tariqa, ko‘pchilik savdo nuqtalarining vaqtinchalik yopilishi sotuvchilarning ijaraga beruvchilar bilan masalalarni hal qilayotgani bilan bog‘liq. Buning uchun ma’lum vaqt talab etiladi, yuridik shaxs hisoblanmagan savdo nuqtalari egalariga esa faoliyatni olib borish uchun tegishli patentlarni olish majburiyati yuklatilishi mumkin. Sotuvchilarning ko‘pchiligi savdo markazi yopilgunicha yakka tadbirkor bo‘lgan.

Bundan tashqari, endi sotuvchilarga o‘z mahsulotlarini do‘konlar tashqarisiga qo‘yish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют