» » Toshkentda Captiva’sida piyodani urib ketgan amerikalik 7 yilga qamalishi mumkin

Toshkentda Captiva’sida piyodani urib ketgan amerikalik 7 yilga qamalishi mumkin


O‘tgan haftada Toshkent markazida 25 yoshli AQSh fuqarosi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Captiva avtomobilida piyoda ayolni urib yuborgan edi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Jiddiy jarohat olgan ayol shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan, biroq bir kundan so‘ng shifoxonada vafot etgan.

Ayol piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan edi. Haydovchi YTH sodir bo‘lgan paytda mast bo‘lmagan.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Aksariyat internet foydalanuvchilari amerikalik erkak jazodan qutilib qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Hatto AQSh fuqarosi o‘z ko‘rsatmasida marhuma yo‘lni kesib o‘tish taqiqlangan joydan o‘tganini ma’lum qilgani haqidagi gap-so‘zlar ham paydo bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi va ushbu hodisaga tegishli barcha detallar chuqur o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

“Holat yuzasidan Captiva avtomobili haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismiga ko‘ra, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa yetti yilgacha ozodlik mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют