» » Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyotdagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyotdagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


Toshkent tibbiyot akademiyasida bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinatorlar va yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida o‘tgan navbatdagi ilmiy-amaliy konferensiya tibbiyotdagi innovatsiyalarga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Samarqand, Buxoro, Andijon tibbiyot institutlaridan vakillar ishtirok etdi.

Tadbirda aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining bilimi va kasb mahoratini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

Anjumanda yosh olimlar tomonidan o‘zbek, ingliz va rus tillarida tibbiyotning dolzarb masalalari, xorijiy tajriba va innovatsion g‘oyalarga bag‘ishlangan 40 dan ortiq ma’ruza va afishalar taqdim etildi.

Tadbirda ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar yuzasidan tajriba almashildi, mahorat darslari tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют