» » BMT Bosh kotibi Suriya atrofidagi vaziyat nazoratdan chiqishi mumkinligi haqida ma’lum qildi

BMT Bosh kotibi Suriya atrofidagi vaziyat nazoratdan chiqishi mumkinligi haqida ma’lum qildi


BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriya atrofidagi vaziyat nazoratdan chiqishi mumkinligidan tashvishlanmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati tomonidan 11-aprel kuni tarqatilgan bosh kotib bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“Kecha (10-aprel, seshanba kuni) Suriya Arab Respublikasida kimyoviy qurolning qo‘llanishi davom etayotganligi yuzasidan norozilik bildirdim. BMT Xavfsizlik kengashida jarayonning kechishini ham diqqat bilan kuzatib borayapman, afsuski u mazkur masala bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi”, — deydi butunjahon tashkiloti rahbari.

“Bugun BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan beshta mamlakatning doimiy vakillariga vaziyatning nazorat ostidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zaruratiga urg‘u berdim”, — deya ta’kidladi Guterrish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют