» » Samarqand viloyatida 56 kishiga noqonuniy tarzda yer sotgan fermer qamoqqa olindi

Samarqand viloyatida 56 kishiga noqonuniy tarzda yer sotgan fermer qamoqqa olindi


Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Tayloq tumanida yashovchi Nasim Xusenovga nisbatan jinoyat ishi ochdi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Nasim Xusenov 2013-yil fevral oyidan buyon Tayloq tumani Muborak mahallasida joylashgan turmush o‘rtog‘i Yodgora Karimova raislik qilayotgan “Shaxzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligida norasmiy ravishda ish boshqaruvchi tariqasida ishlab kelib fermer xo‘jaligiga tuman hokimining qarori bilan 43 yil muddatga ijaraga berilgan jami 18,20 gektar yer maydonini bir necha nafar fuqarolarga noqonuniy ravishda sotib yuborgan.

Shunga ko‘ra, Nasim Xusenov va boshqalar 2013-yil mart oyidan 2017-yil dekabr oyiga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida jami 56 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida fermer xo‘jaligi yer maydoni sotilmasligini bila turib ularni aldab, Tayloq tumani Muborak mahallasida joylashgan “Shaxzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligiga tuman hokimligi tomonidan ijaraga ajratilgan yer maydonidan 6 sotixdan 30 sotixgacha bo‘lgan yer maydonlarini kelgusida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish sharti bilan 2 000 000 so‘mdan 60 000 000 so‘mgacha noqonuniy ravishda sotib, ularga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining ehtiyojlariga ishlatgan.

Holat yuzasidan Nasim Xusenovga JKning 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) “b” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют