» » USENET 2018’da rekord miqdordagi spikerlarning chiqishi kutilmoqda

USENET 2018’da rekord miqdordagi spikerlarning chiqishi kutilmoqda


USENET 2018 xalqaro Digital anjumanida ilk marta O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘istonning 30dan ortiq kompaniyalarining vakillari ishtirok etadi. Bundan tashqari, joriy yilda spikerlarning chiqishlari bir vaqtning o‘zida 3 ta seksiyada olib boriladi. Bu esa har bir tinglovchiga kun davomida o‘zi uchun qiziqarliroq bo‘lgan dasturni tanlab olishga imkon beradi. So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p muhokama qilingan blokcheyn va kontent kabi mavzular anjuman diqqat markazida bo‘ladi.

Xalqaro ekspertlar safida Samsung, “Yandeks”, “Odnoklassniki”, Google, “Mail.ru”, Select Communication Group vakillarining chiqishlarini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Beeline Uzbekistan, Click, Webnow, LeBazar, LeadREX kabi ko‘plab kompaniyalarning vakillari esa mahalliy spikerlar jamoasini tashkil qilishlari kutilmoqda. USENET ta’sis etilganidan boshlab o‘tgan vaqt davomida ilk marta “Kun.uz”, “Daryo.uz”, UZ24, UFF, Repost kabi O‘zbekistonning yetakchi OAV va boshqa media loyihalarining asoschilari hamda muharrirlari bir sahnada chiqish qiladi.

Hozirdan aytish mumkinki, USENET 2018 doirasida blokcheyn va OAV faoliyatiga bag‘ishlangan 2 ta mavzudagi yalpi muhokamalar olib borilishi belgilangan. Kontent bo‘yicha yalpi muhokamalarda O‘zbekistonning yetakchi Telegram-kanallarining asoschilari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, “Potrebiteli.uz” hamjamiyati rahbari ham alohida ma’ruza bilan qatnashadi. Ledokol Group (http://ledokolgroup.com) media-agentligi tadbir tashkilotchilari sanaladi. Konferensiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Beeline Uzbekistan – konferensiyaning bosh hamkori hisoblanadi.

Samsung, Click, “Odnoklassniki” anjumanning homiylaridir.

Bosh axborot hamkori - “Repost.uz”.

Anjumanning SMM-hamkori Africa agentligi.

Yoqimli an’anaga ko‘ra, anjuman International Hotel Tashkent anjumanlar-zalining ikkita qavatida 27-aprelgacha o‘tkaziladi. Konferensiyaga taklifnoma bilan kirish mutlaqo bepul. Buning uchun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas (http://usenet.uz).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют