» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekistondan Malayziya kurortlariga muntazam reyslarni taklif etadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekistondan Malayziya kurortlariga muntazam reyslarni taklif etadi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va Malaysia Airlines aviakompaniyasi kod-sher kelishuv doirasida hamkorlikni kengaytirmoqda. Endi milliy aviakompaniya yo‘lovchilari Toshkentdan Malayziya kurortlari — Langkavi orollari va Kota-Kinabalu shahrigacha parvoz qilishi va ortga qaytishi mumkin. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Muntazam reyslar Malaysia Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Kuala-Lumpur shahri aeroportidan amalga oshiriladi.

Toshkentdan Langkavi va Kota-Kinabaluda reyslar chorshanba va payshanba kunlari, qaytish reyslari esa chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Milliy aviakompaniyaning tez-tez parvoz qiluvchi yo‘lovchilari dasturi ishtirokchisi bo‘lganlarga har ikki yo‘nalishda: Toshkent—Kuala-Lumpur—Langkavi, Toshkent—Kuala-Lumpur—Kota-Kinabalu reyslariga chipta xarid qilganlik uchun ballar yoziladi.

Aviachiptalarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining barcha savdo ofislaridan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют