» » Rossiya elchisi O‘zbekistonning koinotni zabt etishga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdi

Rossiya elchisi O‘zbekistonning koinotni zabt etishga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdi


Bundan 57 yil muqaddam — 1961-yil 12-aprelda inson ilk bor koinotga parvoz qildi. Shu tufayli 12-aprel xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni sifatida keng nishonlanadi. Toshkentda ham ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Sputnik.

Tadbir Chilonzor tumanidagi Yuriy Gagarin haykali joylashgan hududda soat 10:00 da boshlanishi kerak edi. Ammo quyoshli ob-havo tufayli haykal atrofi ertalabdan odamlar bilan gavjum bo‘ldi.

Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev so‘zga chiqdi. U o‘zbekistonliklarning koinotni o‘zlashtirishga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib o‘tdi.

“Solijon Sharipov 201 kunni koinotda o‘tkazgan va ikki marta ochiq fazoga chiqqan. Shuningdek, Vladimir Jonibekov — eng malakali fazogir-uchuvchi, 5 marta kosmik ekipajga rahbarlik qilgan”, — dedi u.

Diplomat O‘zbekistonning koinotni zabt etishda qo‘shgan hissasi bu bilan chegaralanmasligini ta’kidladi.

"O‘zbekiston raketalarni uchirishda, lunoxodni yaratishda yordam ko‘rsatgan. Respublika koinotni zabt etishga yo‘l ochgan boshqa narsalarni yaratishda ham katta ko‘mak bergan”, — dedi diplomat.

Tyurdenevga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston va Rossiyaning bu sohada hamkorlikdagi yo‘nalishlaridan biri So‘fa xalqaro radioastrologik laboratoriyasini tashkil etish hisoblanadi.

“Ishonchim komilki, ushbu loyiha hayotga tadbiq etiladi va insoniyat tomonidan kosmosni zabt etishga muhim hissa qo‘shgan loyiha bo‘lib qoladi”, dedi Rossiya elchisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 17:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют