» » Toshkentda 25—27-aprel kunlari Expo-Russia Uzbekistan 2018 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 25—27-aprel kunlari Expo-Russia Uzbekistan 2018 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


Toshkentdagi Yoshlar ijodiyot markazida joriy yilning 25—27-aprel kunlari Expo-Russia Uzbekistan 2018 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchisi — Rossiyaning “Zarubej-Ekspo” ochiq aksiyadorlik jamiyati xabar bermoqda.

Ko‘rgazmada ishtirok etishga Rossiyaning eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalari — energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, neft-kimyo va kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, telekommunikatsiya va aloqa, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika, ta’lim, bank, xalqaro huquq yo‘nalishidagi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar taklif etilgan.

Ko‘rgazma doirasida Toshkent biznes-forumi, O‘zbekiston va Rossiyaning iqtisodiy hamkorligiga oid konferensiya, shuningdek, B2B formatidagi muzokaralar va davra suhbatlari ham o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 18:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют