» » Qoraqalpog‘istonda saqlanayotgan Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv ta’mirga muhtoj

Qoraqalpog‘istonda saqlanayotgan Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv ta’mirga muhtoj


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining arxeologiya muzeyida saqlanayotgan Markaziy Osiyodagi eng qadimiy ushbu yozuv miloddan avvalgi V asrga tegishli. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Yesimxan Qanaatov ma’lum qildi.

1976—1977-yillarda professor M. Mambetullayev rahbarligidagi arxeolog-olimlar guruhi Katta Aybuyirqal’ani qazish paytida uchta katta xum topib oladi. Bu xumlarning suv va don saqlash uchun yasalganligi aniqlanadi. Xumlarning birida tig‘ bilan bitilgan yozuvlar mavjud ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni, bo‘yi 1 metr keladigan o‘tda pishirilgan xumdagi Qadimiy Xorazm tamadduniga tegishli bu yozuvlar Markaziy Osiyoda eng eski yozuv sifatida fanda qayd qilingan edi.

Xum bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi paytida singanligi sababli hozirgi kunda bu betakror esdalik restavratsiyaga muhtoj.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bu kabi ajoyib esdaliklarning bazasi yaratilgan. Lekin qulay ko‘rgazma joyi bo‘lmaganligi bois ko‘pchilik bu esdaliklarni ko‘rish imkoniyatiga ega emas.

O‘z davrida Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasi beshigi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston hududida arxeologiya muzeyi ham qad rostlasa, katta ishga asos solingan bo‘lar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют