» » Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Olmaotaga yetib keldi

Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Olmaotaga yetib keldi


“Toshkent – Olmaota – Toshkent” xalqaro avtobus yo‘nalishidagi 11-aprel kuni boshlangan ilk sinov qatnovi 12-aprel kuni Olmaota shahriga yetib keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari o‘tirgan avtobus Olmaota shahridagi “Sayran” avtovokzaliga kirib keldi. Bu yerda o‘zbekistonlik mehmonlar Olmaota shahri jamoatchiligi tomonidan tantanali kutib olindi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalari bir daryodan suv ichgan ikki xalqning azaliy qavm-qarindoshlik, qo‘shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlayotgani, har ikki millat vakillarining qalbida quvonchi va ishonch tuyg‘ularini jo‘sh urdirayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekistonlik mehmonlar Olmaota shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi. Qozog‘istonning avvalgi poytaxti va eng yirik shaharlaridan biri Olmaota mamlakatning madaniy, moliyaviy-iqtisodiy markazlaridan hisoblanadi. Shahar kundan-kunga, yildan-yilga chiroy ochib borayotir.

Avval xabar qilinganidek, tashuvchilar tomonidan yo‘nalish bo‘yicha yo‘l haqi narxi 100 ming so‘m va tegishli ravishda 4000 tenge narxda tashilishi tashuvchilar tomonidan e’lon qilindi. Muntazam qatnovlar 12 apreldan boshlab “Toshkent” avtovokzalidan kuniga uchta (soat 16:00; 17:00 va 18:00) qatnov amalga oshiriladi. Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston tomonidan tashuvchi Erkin Emina Express Tour MChJ Yutong (Xitoy) rusumli avtobuslardan, Qozog‘iston tomonidan tashuvchi YUG Trans LIne MChJ esa Van Hool (Belgiya) rusumli avtobuslaridan foydalanadi.

Yo‘nalish masofasi 818 kilometrni, yo‘ldagi vaqt esa 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Jadvallarda “G‘ishtko‘prik” (O‘zbekiston) va “JIbek joli” (Qozog‘iston) chegara va bojxona nazorat punkti tekshiruvidan o‘tish uchun 30 daqiqadan vaqt ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 20:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют