» » O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Wiley kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Wiley kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi


O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Angliyaning Wiley kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida davlat ilmiy-texnik dasturini amalga oshirishda uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot ma’lumotlar bazalari va innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik masalalari ham muzokaralar markazida bo‘ldi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, o‘zbek olimlari, mutaxassislari, talabalari uchun Wiley’ning ilmiy-tadqiqot bazasi va kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ingliz kompaniyasi O‘zbekistonda hamkorlikda master-klass va treninglar tashkil qilish yuzasidan hamkorlikka qiziqish bildirdi. Bunda Wiley’ning Ilmiy-tadqiqot Akademiyasini jalb qilish ko‘zda tutildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 22:35)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют