» » Farg‘onada soxta ichki ishlar mayori qo‘lga olindi

Farg‘onada soxta ichki ishlar mayori qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan avtoreyd tadbirlari davomida soxta mayor qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Aziz Ermatov xabar berdi.

Viloyat IIBdan olingan ma’lumotga ko‘ra, Farg‘ona tumani, Farg‘ona ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Matiz avtomashinasi to‘xtatilib, haydovchidan transport vositasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish so‘ralgan. Haydovchi o‘zini ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirib, mayor maxsus unvoni bo‘lgan guvohnoma ko‘rsatgan.

Haydovchiga tegishli ichki ishlar organlari xizmat kiyimida bo‘lgan mayor fotosurati yopishtirilgan guvohnoma ko‘zda kechirilganda, uning soxtaligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘zini ichki ishlar organi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs muqaddam sudlangan, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan Maxammat To‘lanov ekanligi aniqlandi.

Hozirda bu ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda soxta kapitan, Toshkent shahrida esa soxta YHXB xodimi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 22:49)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют