» » Qozog‘iston 2019-yilda O‘zbekistonga avtomobillar yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston 2019-yilda O‘zbekistonga avtomobillar yetkazib berishni rejalashtirmoqda


Qozog‘istonning “Aziya Avto” zavodi 2019-yilda O‘zbekistonga avtomobillar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya prezidenti Yerik Sagimbayev ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Uning aytishicha, kompaniya O‘zbekistonga oldin ham mashinalar yetkazib bergan.

“Qirg‘iziston va O‘zbekistonga sinov tariqasida avtomobillar yuborgandik. Biz shu tariqa bozor va dilerlarni o‘rganamiz”, — dedi Sagimbayev.

Zavod rahbariga ko‘ra, bu yil bitta mashina modeli sertifikatlash uchun O‘zbekistonga yuboriladi. Kelgusi yil esa avtomobillar qo‘shni davlat bozoriga kiritiladi.

Ma’lumot uchun, “Aziya Avto” Qozog‘istondagi yirik avtozavod bo‘lib, korxonada Chevrolet, Kia, Skoda va Lada avtomobillari yig‘iladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют