» » 26-yanvar O‘zbekistonda bojxona xizmati xodimlari kuni etib belgilandi

26-yanvar O‘zbekistonda bojxona xizmati xodimlari kuni etib belgilandi


26-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni etib belgilanadi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Vazirlar Mahkamasiga 2 oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlash topshirildi. 

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan holda ishlab chiqish yuklatildi: 

Bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash, normalarni qabul qilishda barcha uchun tushunarli va turlicha talqin qilish imkoniyatini istisno etish; 

Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etilishining rag‘batlantirish mexanizmini yaratish; 

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari normalari, umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillarini, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilish; 

Bojxona ma’muriyatchiligi sohasida rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojxona nazoratini tashkil etish. 

Farmon bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga: 

Yuqori professional mahorat, axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni bojxona organlariga jalb etishga yo‘naltirilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish; 

Xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonunbuzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish; 

Fidokorona xizmat qilayotgan xodimlarni har tomonlama rag‘batlantirish, xizmat intizomini hamda qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy va boshqa javobgarliklarga tortish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют