» » Toshkentda yuz bergan YTHda haydovchi va uning 2 yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda yuz bergan YTHda haydovchi va uning 2 yo‘lovchisi halok bo‘ldi


Toshkent shahar Bektemir tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi uch kishining umriga zomin bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Hodisa 11-apreldan 12-aprelga o‘tar kechasi yuz berdi. Husayn Boyqaro ko‘chasida harakatlanayotgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi va ariq ichiga tushib ketdi.

Avtohalokat oqibatida Cobalt’ning 1992-yilda tug‘ilgan haydovchisi va uning 33 yoshli erkak va 27 yoshli ayol yo‘lovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan.

Yana uch nafar yo‘lovchi: 1998-yilda tug‘ilgan ikki yigit va 1996-yilda tug‘ilgan qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mudhish YTH sabablari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют