» » Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida yangi barpo etilgan yopiq suzish havzasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida yangi barpo etilgan yopiq suzish havzasini borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidigi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, viloyatda suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi.

Sport maskanidagi suzish va suvga sakrash mashqlari uchun 25x11 hamda 6x12,5 o‘lchamdagi suzish havzalari, balandlikdan suvga sakrash sport turi uchun alohida zal qurilgan bo‘lib, bu hovuzning hajmi 12x10 metr va yosh sportchilar suvga sakrashi uchun ularga moslab 1,3 va 5 metr balandlikda tramplinlar o‘rnatilgan. Bu yerda ham tomoshabinlar uchun 250 o‘rindiq o‘rnatilgan. Bir kunda 250 kishini qabul qiladigan majmua barcha jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, tibbiyot xonalari, trenajyor, oshxona va boshqa xonalarda sportchilar muntazam shug‘ullanishi mumkin. Bundan tashqari, suvni tozalash, isitish uskunalari ham o‘rnatilgan.

Ayni paytda bu yerda suzish bo‘yicha tashkil etilgan 15 o‘quv-mashg‘ulot guruhiga 176 yosh jalb qilingan.

Prezident yopiq suzish havzasining havo aylanish tizimini yaxshilash, shug‘ullanuvchilar erkin harakat qilishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют