» » Adliya vazirligi: jismoniy shaxslarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi masalasi muhokama qilinmoqda

Adliya vazirligi: jismoniy shaxslarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi masalasi muhokama qilinmoqda


Adliya vazirligi jismoniy shaxslarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi masalasida bayonot berdi.

Avval xabar berilganidek, 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Farmon loyihasi joriy yilning 26-fevralidan 13-martiga qadar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan. Muhokamaga qo‘yilgan loyihaning 6-ilovasida sig‘imi 4 yo‘lovchi o‘ringa mo‘ljallangan yengil avtomobillarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish nazarda tutilgan edi.

Muhokama davomida tushgan takliflar, fikrlardan kelib chiqib loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu jarayonda jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish masalasi yana bir bor qo‘shimcha o‘rganib chiqish uchun farmon loyihasidan ajratib olingan.

Faoliyatni litsenziyalash sohasidagi shu va boshqa o‘rganish talab qilinadigan boshqa masalalarni qo‘shimcha o‘rganishni ta’minlash maqsadida Farmonning 7-bandida tegishli davlat organlariga litsenziyalash va ruxsat berish tartiblarini takomillashtirishda davom etish haqida topshiriq berildi. Ya’ni bu yo‘nalishda ishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 20:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют