» » MDH davlatlari o‘rtasidagi navbatdagi xalqaro musobaqada O‘zbekiston harbiylari ishtirok etadi

MDH davlatlari o‘rtasidagi navbatdagi xalqaro musobaqada O‘zbekiston harbiylari ishtirok etadi


Aprel oyidan sentabr oyiga qadar MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu nufuzli musobaqalar harbiy-amaliy sportning yettita turini o‘z ichiga olgan bo‘lib, “Armiya qo‘l jangi” yo‘nalishi bo‘yicha chempionat birinchi marotaba shu yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Komandirlik startlari”, “Sport oriyentirlanishi” va “Tog‘ uch kurashi” musobaqalari aprel va oktyabr oylarida Rossiya Federatsiyasida, “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” iyun oyida Belarusda, “Ofitserlar uch kurashi” va “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” avgust oyida Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab, harbiy-sport turlari bo‘yicha bosqichma-bosqich saralashdan o‘tgan harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan chempionatda qatnashdi.

Yaqinda Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” turi bo‘yicha Mudofaa vazirligi miqyosidagi chempionat bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada harbiy qism va muassasalardan 30 ga yaqin jamoalar o‘zaro bellashdi. Unda har bir jamoadan 5 kishidan iborat guruh tarkibi (1 nafar murabbiy va 4 harbiy xizmatchi) ishtirok etdi. Sinov shartlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar yakka va jamoa tarkibida 100 va 3000 metrga yugurish, turnikda tortinish hamda yagona to‘siqlar yo‘lagida bajariladigan umumiy nazorat mashqlarini bajardi. Har bir jamoadan 3 nafar ishtirokchining eng yuqori natijasi inobatga olinib, yakunda jamoaning umumiy bahosi belgilandi. Chempionat g‘oliblari Mudofaa vazirligi terma jamoasi tarkibidan o‘rin oldi.

2017-yilda Xalqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda esa birinchi marotaba MDH davlatlari o‘rtasidagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan podpolkovnik Bahodir Tuxtanazarov, Zokir Xaziyev, mayorlar Madiyor Saidov, Sherzod Rashidov, kapitanlar Avaz Usmonov, Baxtiyor Madaminov, Odilbek Yuldashev, Husniddin Elmurodovlar shu yilning 16–20-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan harbiy-amaliy sport turining “Komandirlik startlari” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadi. Jamoa 15-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Rossiya Federatsiyasiga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют