» » Toshkentga keltiriladigan yangi MAN avtobuslari konditsioner bilan ta’minlanadi

Toshkentga keltiriladigan yangi MAN avtobuslari konditsioner bilan ta’minlanadi


2018-yilda Toshkent avtobus parki 80 ta katta sig‘imga ega MAN A22 CNG past polli avtobusini qabul qilib oladi. Bu haqda JV MAN Auto-Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Siqilgan tabiiy gaz (STG)da ishlovchi bu avtobuslar Samarqanddagi JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida yig‘ilgan. Endi MAN A22 CNG avtobuslari sovutgich bilan ham ta’minlanadi.

STGda ishlovchi avtobuslarning afzalliklari ular ishlaganda zararli moddalar xuddi shunday dizelli modellarga nisbatan ancha kam miqdorda ajralishida namoyon bo‘ladi.

Yangi STG-texnologiyalarning qo‘llanilishi an’anaviy yoqilg‘ida ishlovchi avtobuslarga qaraganda yoqilg‘ini 30-35 foizga kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, bu avtobuslar ancha kamshovqin sanaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют