» » Jizzaxda navoiylik fuqaroning qizini 7 ming dollarga institutga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jizzaxda navoiylik fuqaroning qizini 7 ming dollarga institutga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Jizzaxda karmanalik fuqaroni aldab, uning 7 ming dollar pulini ishlatib yuborgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, gumonlanuvchi — Jizzax shahar Ko‘tarma mahallasida yashovchi 33 yoshli shaxs 2017-yilning sentabr oyida jabrlanuvchi — Navoiy viloyati Karmana tumanidan kelgan 1968-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirgan.

Gumonlanuvchi karmanalik fuqaroning qizini Jizzax davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 7 ming dollar pul olgan.

“Gumonlanuvchi bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchi ushlangan”, — deyiladi IIV axborotida.

Avvalroq Mirzacho‘lda pul evaziga Jizzax pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют