» » Futbol muxlislari uchun xushxabar: UzReport telekanali 2018-yilgi Jahon chempionati translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

Futbol muxlislari uchun xushxabar: UzReport telekanali 2018-yilgi Jahon chempionati translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi


UzReport axborot agentligi (UzReport-TV, Futbol-TV) 2018-yilgi Jahon chempionatini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil FIFA tomonidan tashkil kilinadigan eng muhim musobaqa joriy yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning 12 ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32 ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar UzReport-TV va Futbol-TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O‘yinlardan tashqari mazkur telekanallar orqali o‘ziga xos Jahon chempionati kundaligi — Highlights’lar ham efirga uzatib boriladi. Unda tomoshabinlar JCh-2018 da bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma’lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bo‘lib borishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют