» » Samarqand osmoniga havo shari ko‘tarildi

Samarqand osmoniga havo shari ko‘tarildi


O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan “Yosh vatandoshlar” festivali ishtirokchilarining Samarqandga tashrifi taassurotlarga boy bo‘ldi: ular havo sharida Registon maydonini “qush parvozi” balandligidan tomosha qildi, deb yozadi “Xabar.uz”.

O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi mutaxassislari Toshkentdan olib kelgan chiroyli havo sharida dastlabki to‘rt ishtirokchi parvoz qildi. Ularning sog‘-salomat Registon maydoniga qo‘nganini ko‘rgan yoshlar orasida cheksiz zavq beradigan bu parvozning ishqibozlari ko‘payib ketdi.

“Rossiyada ishlab chiqarilgan bu havo shari to‘rt kishining uchishiga mo‘ljallangan. Biz esa Germaniyadagi mutaxassislarga sakkiz kishilik havo shariga buyurtma berdik. Hademay sharimiz yetib keladi, ungacha Moskvaga o‘qishga yuborilgan yigitlar ham kerakli sertifikatlarni olib, mutaxassis bo‘lib keladi. May oyidan Samarqandning o‘z havo sharlari osmonga ko‘tarilishni boshlaydi”, — deydi shu ishni Samarqandda yo‘lga qo‘yish taraddudida yurgan tadbirkor Xayrulla Mamasoliyev.

Ayni damlarda Registon maydonida Samarqand ahli va mehmonlar uchun 3D mepping shousi namoyish etilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sayyohlarni jalb qilish maqsadida bu tomoshalar ham endi har oqshom namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют